Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga o`tib ketsa, urushda tushirilgan o`ljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. O`zingiz iymon keltirgan Allohdan qo`rqing. Mumtahana 60:11 ⧉
Tafsir:
Farazan ayollaringizdan biri murtad boʻlib kofirlar tarafga oʻtib ketgach, kofirlardan uning mahrini talab qilsangizlar va ular bermasalar, keyin esa urushda gʻolib boʻlib, kofirlardan oʻljalar olsangizlar, bas, xotini murtad boʻlib ketib qolgan erlarga qancha mahr bergan boʻlsalar, oʻshanchasini beringlar. Oʻzlaringiz iymon keltirgan Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar.