Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga do`stlik qilishdan qaytaradir. Ularni do`st tutganlar zolim kishilardir. Mumtahana 60:9 ⧉
Tafsir:
Albatta Alloh sizlarni iymoningiz tufayli sizlarga qarshi jang qilgan, sizlarni yurtingizdan quvib chiqargan va sizlarni haydab chiqarishda oʻzaro yordamlashgan kimsalar bilan doʻst boʻlishdan qaytaradi. Kim ularni doʻst tutsa, bas, ana oʻshalar Allohning amriga qarshi borib, oʻz joniga jabr qilgan zolimlardir.