Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirasizlar hamda Uning yo`lida molingiz va joningiz bilan jihod qilasizlar. Shundoq qilmoqlaringiz, agar bilsangizlar, o`zlaringiz uchun yaxshidir. Soff 61:11 ⧉
Tafsir:
Bu foydali tijorat shundan iboratki, Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirasizlar, U Zotning rizosi yoʻlida mollaringiz va jonlaringizni tikib jihod qilasizlar. Agar bilsangizlar, mana shu ish sizlar uchun yaxshiroqdir. Shunday ekan, uni bajarishga shoshilinglar.