Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Soff — Oyat 5 (Oʻzbekcha) — Video

Soff • Oyat 14 dan 5 • Oʻzbekcha


وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ يَا قَوْمِ لِمَ تُؤْذُونَنِي وَقَدْ تَعْلَمُونَ أَنِّي رَسُولُ اللَّهِ إِلَيْكُمْ ۖ فَلَمَّا زَاغُوا أَزَاغَ اللَّهُ قُلُوبَهُمْ ۚ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ 5
Tarjima:
Muso o`z qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla. Ular (haqdan) burilgan edilar, Alloh ularning qalbini burib qo`ydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas. Soff 61:5
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Oʻshanda Muso qavmiga dedi: "Ey qavmim, nima uchun menga ozor berasizlar, gapimga quloq solmaysizlar?! Axir mening sizlarga yuborilgan Allohning paygʻambari ekanimni bilasizlar-ku". Oʻzlari paygʻambar olib kelgan haqdan yuz oʻgirgach, Alloh ham ularning qalblarini haqdan burib qoʻydi. Alloh itoatsiz, fosiq qavmni hidoyat qilmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Soff • Oyat 4 Keyingi Soff • Oyat 6