Sizga Allohning iznisiz hech bir musiybat yetmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani biluvchidir. At-Taghabun 64:11 ⧉
Tafsir:
Biron kimsaning joniga, moliga yoki bolasiga biron musibat yetsa, u Allohning qazoyi qadari bilan boʻladi. Kim Allohga, Uning qazoyi qadariga iymon keltirsa, Alloh uning qalbini xotirjam etib, peshonasiga yozilganiga rozi boʻladigan qilib qoʻyadi. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas.