Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tag‘obun — Oyat 14 (Oʻzbekcha) — Video

Tag‘obun • Oyat 18 dan 14 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ مِنْ أَزْوَاجِكُمْ وَأَوْلَادِكُمْ عَدُوًّا لَكُمْ فَاحْذَرُوهُمْ ۚ وَإِنْ تَعْفُوا وَتَصْفَحُوا وَتَغْفِرُوا فَإِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 14
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, jufti halollaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo`ling. Va agar afv etsangiz, ko`ngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz... Bas, albatta, Alloh ko`p mag`firat qiluvchi va rahimlidir. Tag‘obun 64:14
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirib, shariatiga amal qiladigan zotlar, ayollaringiz va bolalaringizdan sizlarga dushman bor. Chunki ular sizlarni Allohning zikridan, Uning yoʻlida jihod qilishdan toʻsadilar, chalgʻitadilar. Bas, ulardan ehtiyot boʻlinglar. Agar ularning xatolarini afv etsangizlar, aybu nuqsonlarini kechirsangizlar, gunohlaridan oʻtsangizlar, bas, albatta Alloh ham sizlarga rahm qilib, gunohlaringizni kechiradi. Zero, har kim ekkanini oʻradi. Alloh Magʻfiratli, Mehribon Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tag‘obun • Oyat 13 Keyingi Tag‘obun • Oyat 15