U, sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, ba'zilaringiz kofir va ba'zilaringiz mo`mindir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turuvchidir. Tag‘obun 64:2 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, U sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, sizlardan kimdir kofir boʻlib, doʻzaxga tushadi. Yana kimdir moʻmin boʻlib, jannatga kiradi. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib turguvchidir. Biron ishingiz U Zotdan yashirin qolmas. Yaqinda sizlarga amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berur.