Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan Zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani O`z ilmi ila o`rab olganini bilishingiz uchundir. At-Talaq 65:12 ⧉
Tafsir:
Alloh shunday Zotki, yetti osmonni va yerdan ham shunchasini yaratdi. Allohning koinotga doir va shariatga oid farmonlari ularning orasida nozil boʻlib turadi. Shoyadki, shu bilan Alloh har narsaga Qodir ekanini, Qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻqligini va Alloh hamma narsani ilmi bilan qamrab olganini, biron narsa U Zotdan yashirin qolmasligini bilib olsangizlar.