Alloh iymon keltirganlarga Fir'avnning xotinini misol qilib ko`rsatdi. U (xotin): «Robbim, menga O`z huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir'avndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi. At-Tahrim 66:11 ⧉
Tafsir:
Allohga va paygʻambarlariga iymon keltirgan zotlarning kofirlar bilan muloqotlari, modomiki, haq ustida barqaror turar ekanlar, hech bir holatda kofirlarning ularga zarar yetkaza olmasliklari, tasir koʻrsata olmasliklari haqida esa Alloh Firavnning ayolini misol qildi. Oʻshanda u: "Parvardigorim, men uchun Oʻzingning huzuringda jannatdan bir uy qurib ber, menga Firavnning zulmu zoʻravonligidan, manfur ishlaridan panoh ber, va meni uning zulmu zoʻravonligiga ergashib, oʻz joniga jabr qilgan zolim qavmdan qutqar, salomat qil", degandi.