Ey, kufr keltirganlar! Bugungi kunda uzr aytmanglar, siz o`zingiz qilgan ishlarning jazosini olyapsiz, xolos. Tahrim 66:7 ⧉
Tafsir:
Qiyomat kuni kofirlarga shunday deyiladi: "Ey Allohga kufr keltirganlar, bugun qilib oʻtgan kufru masiyatlaringiz uchun uzr soʻramanglar. Chunki uzringiz hargiz qabul qilinmas. Bu kunda u dunyoda qilib oʻtgan ishlaringiz, Allohga kufr keltirganingiz va paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarganingiz uchun jazo olishingiz muqarrar.