Ey Nabiy! Kofir va munofiqlarga qarshi jihod qil va ularga mahkam tur. Ularning joyi jahannamdir va u joy qandoq ham yomon manzil! Tahrim 66:9 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, kofirlarga qarshi qilich bilan, munofiqlarga qarshi til (dalil, hujjat) bilan, hadlarni ijro etish bilan kurashing. Ularga qattiqqoʻl boʻling. Toki sizdan qoʻrqsinlar, haybatlansinlar. Qiyomat kuni ularning borar joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibat!