U sizlarga yerni bo`ysundirib qo`ygan Zotdir. Bas, aning turli joylarida yuring va Uning rizqidan yeng va qabrdan chiqib borish ham Uning huzuriga bo`ladir. Al-Mulk 67:15 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo yer yuzini yashashingiz uchun yengil va qulay qilib qoʻygan Zotdir. Bas, yerning har taraflarida kezinglar va unda Alloh hozirlab qoʻygan rizqlardan tanovul qilinglar. Hisob-kitob va jazo uchun qayta tirilib borar joyingiz yolgʻiz Uning huzuridadir.