Ayt: «U sizlarni yer yuzida yaratgan, ko`paytirgan Zotdir. Va Uning huzuriga to`planursizlar». Al-Mulk 67:24 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizni yolgʻonchiga chiqarayotgan anavi mushriklarga ayting: ”Sizlarni yer yuziga Alloh taolo tarqatdi, hech narsani yaratolmaydigan but-sanamlaringiz emas. Qiyomat kuni hisob-kitob va jazo uchun yolgʻiz Oʻzining huzuriga toʻplanasizlar, sanamlaringizning emas. Shunday ekan, yolgʻiz Oʻzidangina qoʻrqib, yolgʻiz Oʻzigagina ibodat qilinglar".