Ayt: «Aytinglar-chi, agar suvlaringiz yerga singib ketsa, sizlarga kim osongina topiladigan suvni keltirur?» Al-Mulk 67:30 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: ”Aytinglar-chi, ichayotgan suvingiz qoʻlingiz yeta olmaydigan darajada yer qariga singib ketsa, sizlar unga yeta olmasangizlar, sizlarga moʻl-koʻl oqar suvni kim keltirib bera oladi?! Allohdan oʻzga hech kim keltirib bera olmas".