Ularning ko`zlari qo`rqinchga to`la, xorlik o`rab olgan. Va darhaqiqat, ular salomatlik hollarida sajda qilishga chaqirilgan edilar. Al-Qalam 68:43 ⧉
Tafsir:
Ularning xorlikdan koʻzlari yerga qadaladi, nadomat va sharmandalik qoplab oladi. Dunyo hayotida ular Alloh uchun sajda qilishga chaqirilar edilar. Oʻshanda sogʻ-salomat, yani sajda qilishga qodir edilar.