Va kofirlar zikrni eshitayotganlarida seni ko`zlari bilan toydirmoqchi bo`ldilar va, albatta, u jinnidur, derlar. Al-Qalam 68:51 ⧉
Tafsir:
Allohga kufr keltirgan va paygʻambarini yolgʻonga chiqargan kimsalar sizga nozil boʻlgan Quronni eshitganlarida tikilgan qattiq nazarlari bilan sizni yiqitayozadilar. Havoi nafslariga ergashib, Haqdan yuz oʻgirib: ”Buni olib kelgan paygʻambar aniq majnundir”, deydilar.