Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Bani Isroilni qo`yib yubor», – dedi. Al-A'raf 7:105 ⧉
Tafsir:
Muso dedi: "Oʻzim Alloh tarafidan yuborilganimdan keyin U Zot haqida faqat haq gapni aytishga men loyiqroqman-ku. Sizlarga oʻzimning paygʻambar ekanimni isbotlab beradigan ochiq hujjatni keltirdim. Bas, men bilan Bani Isroilni zulmu asirlikdan ozod qilib yubor".