Fir'avn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz. Al-A'raf 7:123 ⧉
Tafsir:
Ularning Allohga iymon keltirganidan gʻazablangan Firavn tahdid qilib dedi: "Mening ruxsatimsiz Musoga ishondingizmi? Muso olib kelgan risolatni toʻgʻri bilib, unga iymon keltirishingiz shahar aholisini undan chiqarib yuborish uchun qilingan bir hiyla-nayrangdan boshqa narsa emas. Ey sehrgarlar, sizlarni qanday jazo va azob kutayotganini yaqinda bilib olasizlar".