Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina o`ch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr to`kkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar. Al-A'raf 7:126 ⧉
Tafsir:
"Ey Firavn, sen bizdan faqat Muso olib kelgan Parvardigorning oyatlarini tasdiqlaganimiz uchungina qasos olyapsan. Shu ayb hisoblansa, mayli, aybdormiz". Shundan keyin ular Allohga iltijo qilib, shunday duo qildilar: "Parvardigoro, bizga sabr yogʻdir, toki, haq ustida barqaror tura olaylik. Bizni buyrugʻingga boʻysunadigan va paygʻambaringga ergashadigan musulmon qilib oʻldir".