Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 143 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 143 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا جَاءَ مُوسَىٰ لِمِيقَاتِنَا وَكَلَّمَهُ رَبُّهُ قَالَ رَبِّ أَرِنِي أَنْظُرْ إِلَيْكَ ۚ قَالَ لَنْ تَرَانِي وَلَٰكِنِ انْظُرْ إِلَى الْجَبَلِ فَإِنِ اسْتَقَرَّ مَكَانَهُ فَسَوْفَ تَرَانِي ۚ فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَىٰ صَعِقًا ۚ فَلَمَّا أَفَاقَ قَالَ سُبْحَانَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُؤْمِنِينَ 143
Tarjima:
Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) ko`rsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech ko`ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni ko`rasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo`minlarning avvalgisiman», – dedi. A'rof 7:143
Tafsir:
Muso vada qilingan kunda Parvardigoriga munojot qilish uchun kelganida Parvardigori u bilan buyruq va taqiqlar haqida soʻzlashdi. Muso Parvardigorini koʻrishga mushtoq boʻlib, qarasam boʻladimi, deb soʻradi. Shunda har qanday nuqsondan pok Alloh: "Meni dunyo hayotida hargiz koʻra olmassan, chunki bunga toqat qilolmaysan, sen toqqa boq, unga tajalliy etsam, unga tasir qilmasdan oʻz oʻrnida turaversa, meni koʻra olasan, lekin agar u yer bilan bitta boʻlib ketsa, meni bu dunyoda hargiz koʻra olmassan", deb javob berdi. Alloh toqqa tajalliy etgan edi, u yer bilan bitta boʻlib ketdi. Muso esa hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: "Parvardigoro, Seni Senga loyiq boʻlmagan hamma illatlardan poklayman, Seni koʻrish haqidagi savolimdan tavba qildim va men qavmimdan eng birinchi moʻminman", dedi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 142 Keyingi A'rof • Oyat 144