Ularning ustiga tog`ni xuddi soyabondek ko`targanimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb o`ylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla. A'rof 7:171 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad, eslang! Bani Isroil Tavrotdagi gaplarni qabul qilishdan bosh tortganlarida Biz togʻni koʻchirib olib, ustlariga olib kelib qoʻygandik. Togʻ ularning boshi uzra xuddi bir soyabondek boʻlib turgandi. Oʻshanda, endi ustimizga tushib ketadi, deb qolishgandi. Shunda ularga: "Sizlarga berganimiz Tavrotni jiddiylik, gʻayrat va qatiyat ila ushlangiz, undagi Alloh shariatlashtirgan hukmlarni yodda tutingiz, unutmangiz, shoyad, shunda taqvo qilsangizlar", deyildi.