Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun. A'rof 7:173 ⧉
Tafsir:
Yoki ahdni buzib, Allohga shirk keltirganlar biz emas, ota-bobolarimiz edi, degan bahonalarni roʻkach qilib: "Parvardigoro, ota-bobolarimiz qilgan gunohlar uchun bizni jazolaysanmi? Axir shirk keltirish bilan amallarini habata qilganlar biz emas, ular edi-ku. Biz bilmasdan qildik-ku", demasliklaringiz uchundir.