Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 176 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 176 • Oʻzbekcha


وَلَوْ شِئْنَا لَرَفَعْنَاهُ بِهَا وَلَٰكِنَّهُ أَخْلَدَ إِلَى الْأَرْضِ وَاتَّبَعَ هَوَاهُ ۚ فَمَثَلُهُ كَمَثَلِ الْكَلْبِ إِنْ تَحْمِلْ عَلَيْهِ يَلْهَثْ أَوْ تَتْرُكْهُ يَلْهَثْ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُ الْقَوْمِ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۚ فَاقْصُصِ الْقَصَصَ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ 176
Tarjima:
Agar xohlasak, uni o`sha(oyat)lar bilan ko`tarar edik. Lekin uning o`zi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga o`xshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qo`ysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar. Al-A'raf 7:176
Tafsir:
Unga oyatlarimiz foyda berishini istaganimizda uni amal qilishga muvaffaq aylab, dunyo va oxiratda martabasini baland qilgan boʻlar edik. Lekin uning oʻzi sharmandalik sari eltadigan yoʻlni tutdi, dunyoni oxiratdan ustun qoʻyib, shahvatlar botqogʻiga botdi. U dunyoga oʻchlikda, ochkoʻzlikda xuddi itga oʻxshaydi. It har doim tilini osiltirib turaveradi. Yotganda ham tilini osiltirib turaveradi, turganda ham tilini osiltirib turaveradi. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarib, yoʻldan ozganlarning ahvoli - mana shu. Ey Paygʻambar, ularga hikoya qilib bering. Shoyadki, fikr yuritib, haqni tan olmaslik va zalolat girdobidan chiqsalar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 175 Keyingi Al-A'raf • Oyat 177