Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 180 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 180 • Oʻzbekcha


وَلِلَّهِ الْأَسْمَاءُ الْحُسْنَىٰ فَادْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُوا الَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِي أَسْمَائِهِ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 180
Tarjima:
Allohning go`zal ismlari bordir. Bas, Unga o`sha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan og`adiganlarni tek qo`ying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar. A'rof 7:180
Tafsir:
Allohning ulugʻligi va komilligiga dalolat qiluvchi goʻzal ismlari bordir. Allohga duo qilayotganingizda oʻsha ismlar bilan iltijo qilingiz. Bu ismlar borasida haqdan adashib, Allohdan boshqani oʻsha ismlar bilan nomlaydigan yoki ularni inkor qiladigan yoxud ularni oʻzgartiradigan yo boshqa narsaga oʻxshatadigan kimsalardan yuz oʻgiringiz. Haqdan adashgan bu kimsalar uchun qilgan yomon ishlari tufayli alamli azob bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 179 Keyingi A'rof • Oyat 181