Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 189 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 189 • Oʻzbekcha


هُوَ الَّذِي خَلَقَكُمْ مِنْ نَفْسٍ وَاحِدَةٍ وَجَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا لِيَسْكُنَ إِلَيْهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّاهَا حَمَلَتْ حَمْلًا خَفِيفًا فَمَرَّتْ بِهِ ۖ فَلَمَّا أَثْقَلَتْ دَعَوَا اللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنْ آتَيْتَنَا صَالِحًا لَنَكُونَنَّ مِنَ الشَّاكِرِينَ 189
Tarjima:
U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) o`raganida yengil homilador bo`ldi. Bas, u bilan yurdi. U og`irlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lamiz», – deb duo qildilar. Al-A'raf 7:189
Tafsir:
Ey erkaklar va ayollar, U shunday Zotki, sizlarni bir jondan, yani, Odam alayhissalomdan vujudga keltirdi. Odam alayhissalom orom-osoyish topishi uchun uning chap qovurgʻasidan jufti Havvoni yaratdi. U bilan qoʻshilgach, u yengil homilador boʻldi. Birinchi marta boʻlayotgani uchun hatto sezmay ham qoldi. Hech qanday yukni sezmay, ishlarini qilib yuraverdi. Qorni kattalashib, ogʻirlikni seza boshlagach, er-xotin Parvardigorlariga duo qilib: "Parvardigoro, bizga bir solih farzand bersang, albatta nematlaringga shukr qilguvchilardan boʻlamiz", dedilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 188 Keyingi Al-A'raf • Oyat 190