Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko`ribsanki, ular (to`g`ri yo`lni) ko`ruvchi bo`lib turibdilar. Al-A'raf 7:201 ⧉
Tafsir:
Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qiladiganlarga shayton tarafidan bir vasvasa kelib, biron gunohni qilib qoʻysalar, darhol Allohning buyukligini, osiylarni jazolashini, itoatkorlarni esa mukofotlashini esga olib, tez tavba qilib, Parvardigorga yukunadilar. Qarabsizki, shu bilan oʻnglanib, gunohdan tiyilib, haq ustida barqaror boʻladilar.