Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 203 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 203 • Oʻzbekcha


وَإِذَا لَمْ تَأْتِهِمْ بِآيَةٍ قَالُوا لَوْلَا اجْتَبَيْتَهَا ۚ قُلْ إِنَّمَا أَتَّبِعُ مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ مِنْ رَبِّي ۚ هَٰذَا بَصَائِرُ مِنْ رَبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ 203
Tarjima:
Va agar ularga mo`'jiza keltirmasang, «O`zing to`qib qo`yavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan ko`z ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt. A'rof 7:203
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ularga bir oyat keltirsangiz, sizni yolgʻonchiga chiqarib, undan yuz oʻgiradilar. Oyat keltirmasangiz: "Oʻzing toʻqiy qolmaysanmi?", deyishadi. Ey Paygʻambar, ayting: "Men oʻzimchasiga oyat keltira olmayman. Men faqat Alloh tarafidan keladigan vahiyga ergashaman. Sizlarga oʻqib berayotganim bu Quron sizlarni yaratgan va boshqarib turadigan Alloh tarafidan yuborilgan hujjatlar, dalillar hamda moʻminlar uchun rahmatdir. Unga iymon keltirmaganlar yoʻldan ozgan badbaxtlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 202 Keyingi A'rof • Oyat 204