Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 44 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 44 • Oʻzbekcha


وَنَادَىٰ أَصْحَابُ الْجَنَّةِ أَصْحَابَ النَّارِ أَنْ قَدْ وَجَدْنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقًّا فَهَلْ وَجَدْتُمْ مَا وَعَدَ رَبُّكُمْ حَقًّا ۖ قَالُوا نَعَمْ ۚ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنٌ بَيْنَهُمْ أَنْ لَعْنَةُ اللَّهِ عَلَى الظَّالِمِينَ 44
Tarjima:
Va jannat egalari do`zax egalariga: «Biz Robbimiz bizga va'da qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz va'da qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular o`rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la'nati bo`lsin!!! A'rof 7:44
Tafsir:
Jannat ahli jannatga kirib, doʻzax ahli esa doʻzaxga tushib, hammalari oʻz joylarini egallab boʻlganlaridan keyin jannatda abadiy qolayotganlar doʻzaxda abadiy qolayotganlarga xitob qilib: "Biz Parvardigorimiz bizga vada qilgan jannatga chindan erishdik, ey kofirlar, sizlar ham Parvardigoringiz ogohlantirgan doʻzaxga chindan yoʻliqdinglarmi?" deya nido qiladilar. Kofirlar: "Bizni ogohlantirilgan doʻzaxga chindan yoʻliqdik", deb javob beradilar. Shunda bir jarchi jar solib, Allohga duo qilib, shunday deydi: "Zolimlar Allohning rahmatidan quvilsinlar. Ularga dunyo hayotida rahmat eshiklari ochilgandi, ular esa yuz oʻgirib ketgandilar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 43 Keyingi A'rof • Oyat 45