Dinlarini o`yin-kulgi qilib olgan va hayoti dunyo g`ururiga ketganlarga», – derlar. Bas, bu Kunda ular bugungi holga duchor bo`lishlarini unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlaridek, Biz ham ularni unutamiz. A'rof 7:51 ⧉
Tafsir:
Oʻsha kofirlar dinini hazil-mazax qilib olgandilar, dunyo hayoti va uning zebu ziynatlariga aldangandilar. Ular oxiratni oʻylamaganlari, yodga olmaganlari, unga tayyorgarlik qilmaganlari, Allohning hujjatlarini haq ekanini bila turib inkor qilganlari uchun mana endi Qiyomat kuni Alloh ham ularni eslamaydi.