Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-A'raf — Oyat 89 (Oʻzbekcha) — Video

Al-A'raf • Oyat 206 dan 89 • Oʻzbekcha


قَدِ افْتَرَيْنَا عَلَى اللَّهِ كَذِبًا إِنْ عُدْنَا فِي مِلَّتِكُمْ بَعْدَ إِذْ نَجَّانَا اللَّهُ مِنْهَا ۚ وَمَا يَكُونُ لَنَا أَنْ نَعُودَ فِيهَا إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ رَبُّنَا ۚ وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَيْءٍ عِلْمًا ۚ عَلَى اللَّهِ تَوَكَّلْنَا ۚ رَبَّنَا افْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِالْحَقِّ وَأَنْتَ خَيْرُ الْفَاتِحِينَ 89
Tarjima:
Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan so`ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg`on to`qigan bo`lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani o`z ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi. Al-A'raf 7:89
Tafsir:
"Sizlarning kufru shirkingizdan Alloh bizni salomat saqlab turgan bir paytda biz yana ularga etiqod qiladigan boʻlsak, Alloh shaniga yolgʻon toʻqigan boʻlib qolamiz-ku. Sizning botil diningizga qaytishimiz hargiz mumkin emas. Faqat Alloh xohlasagina mumkin. Zero, hamma U Zotning xohish-irodasiga boʻysunadi. Parvardigorimiz hamma narsani ilm bilan qamrab olgan. Biron narsa U Zotdan yashirin emas. Bizni toʻgʻri yoʻlda sobitqadam qilishini va egri yoʻllardan najot berishini soʻrab, yolgʻiz Allohgagina suyanamiz. Parvardigoro, biz bilan kofir qavmimiz oʻrtasida haq ila hukm qilib, mazlum haq tarafdorlarini tajovuzkor zolimlardan gʻolib ayla. Parvardigoro, Sen Oʻzing eng yaxshi hukm qilguvchisan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-A'raf • Oyat 88 Keyingi Al-A'raf • Oyat 90