Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo`ymagin. Nuh 71:26 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo Nuh alayhissalomga qavmi orasida shu kungacha iymon keltirganlardan tashqari biron kimsa iymonga kelmasligi xabarini bergach, Nuh alayhissalom: ”Ey Allohim yer yuzida bironta ham qimirlagan kofirni qoldirmagin”,- deb duo qildi.