U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib qo`yadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi. Nuh 71:4 ⧉
Tafsir:
Yuqoridagilarga amal qilsangizlar, Alloh taolo bandalar huquqiga taalluqli boʻlmagan gunohlaringizni afv etadi. Oʻzi bilgan muayyan muddatgacha qavmingiz umrini uzaytiradi. Toki, shu yoʻlda sobit ekansizlar, yerda umrguzaronlik qilasizlar. Biroq oʻlim kelsa, aslo kechiktirilmaydi. Bilganlaringizda edi, Allohga iymon keltirib, shirku zalolatingizga tavba qilishga oshiqqan boʻlar edingizlar.