Albatta, Biz unga yo`l ko`rsatdik. (U esa) yoki shukr qiluvchi, yoki kufr keltiruvchi bo`ldi. Inson 76:3 ⧉
Tafsir:
Biz insonga paygʻambarlar orqali hidoyat yoʻlini ochiq-ravshan bayon qildik. Shu bilan zalolat yoʻli ham aniq boʻldi. Bundan buyogʻiga inson yo toʻgʻri yoʻlga hidoyatlanib, Allohga shukr qilguvchi moʻmin bandaga va yo undan yuz oʻgirib, Allohning oyatlariga qarshi chiquvchi kofir bandaga aylanadi.