Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Anfol — Oyat 17 (Oʻzbekcha) — Video

Anfol • Oyat 75 dan 17 • Oʻzbekcha


فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ قَتَلَهُمْ ۚ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ رَمَىٰ ۚ وَلِيُبْلِيَ الْمُؤْمِنِينَ مِنْهُ بَلَاءً حَسَنًا ۚ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ 17
Tarjima:
Ularni siz o`ldirmadingiz, balki Alloh o`ldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va mo`minlarni go`zal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. Anfol 8:17
Tafsir:
Ey moʻminlar, Badr jangida mushriklarni oʻz kuch-quvvatingiz bilan emas, Allohning madadi bilan oʻldirdingiz. Ey Paygʻambar, mushriklarga otganingizda, siz otmadingiz, balki, Alloh otdi. Alloh moʻminlarni goʻzal tarzda sinash uchun odam sonlari ham, harbiy tayyorgarliklari ham gʻanimnikidan ozroq boʻlishiga qaramasdan, ularga gʻalaba ato etdi. Toki, Allohga shukr qilsinlar. Albatta, Alloh duoyingizni eshitadigan, qilgan ishlaringizni koʻrib-bilib turadigan va sizlarni nima isloh qilishidan xabardor Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Anfol • Oyat 16 Keyingi Anfol • Oyat 18