Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina mo`minlardir. Al-Anfal 8:2 ⧉
Tafsir:
Chin moʻminlar shunday zotlardirki, Alloh taolo yodga olinsa, qalblari titrab, butun vujudlari toatga egiladi. Allohning oyatlari tilovat qilinganida esa ular haqida tadabbur qilib, iymonlariga iymon qoʻshiladi. Foydani jalb qilishda ham, zararni daf etishda ham yolgʻiz Parvardigorigagina suyanadilar.