Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Anfal — Oyat 26 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Anfal • Oyat 75 dan 26 • Oʻzbekcha


وَاذْكُرُوا إِذْ أَنْتُمْ قَلِيلٌ مُسْتَضْعَفُونَ فِي الْأَرْضِ تَخَافُونَ أَنْ يَتَخَطَّفَكُمُ النَّاسُ فَآوَاكُمْ وَأَيَّدَكُمْ بِنَصْرِهِ وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 26
Tarjima:
Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol bo`lib, odamlar sizni tutib olishidan qo`rqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, O`z nusrati ila qo`lladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz. Al-Anfal 8:26
Tafsir:
Ey moʻminlar, sizlar Makkada ozchilik edingizlar. Boshqalar sizlarni nochor-notavon hisoblab, sizlarga zoʻravonlik qilardi. Dushmaningizga yem boʻlishdan qoʻrqar edingiz. Shunda Alloh sizlarga Madinani boshpana qilib berdi. Bir necha janglarda, masalan, Badrda gʻanimlaringizga qarshi sizga quvvat berdi. Sizlarga xush nematlar ato etdi. Jumladan, dushmanlaringizdan koʻp oʻljalar oldingiz. Shoyadki, Allohga bergan nematlari uchun shukr qilsangiz, keyin U Zot nematlarini yanada ziyoda qilsa. Shoyadki, Allohga nonkoʻrlik qilmasangiz va natijada U Zot sizlarga bergan nematlarini tortib olib, oʻzingizni azoblamasa.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Anfal • Oyat 25 Keyingi Al-Anfal • Oyat 27