Bu, qo`lingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», – deyishlarini ko`rsang edi. Al-Anfal 8:51 ⧉
Tafsir:
Ey kofirlar, farishtalar joningizni sugʻurib olayotgan paytidagi bu alamli azob hamda qabringizda va oxiratda yuz beradigan yondiruvchi qiynoqning sababi shu dunyoda oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan amallaringizdir. Zero, Alloh odamlarga zulm qilmas. Ular orasida adolat bilan hukm chiqarur. U Zot odil Hakamdir.