Birinchi peshqadam muhojirlar va ansoriylar va ularga yaxshilik bilan ergashganlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Allohdan rozi bo`ldilar. Ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarni tayyorlab qo`ydi. Ularda abadiy qolurlar. Ana o`sha ulkan yutuqdir. At-Tawbah 9:100 ⧉
Tafsir:
Oʻz diyoridan, vatanidan Alloh sari hijrat qilgan muhojirlar boʻladimi, Paygʻambar alayhissalomni qoʻllab-quvvatlagan ansorlar boʻladimi, shu ikkisiga etiqodda, gap-soʻzda va amalda qoyillatib ergashgan keyingilar boʻladimi, hayallamay, oʻz vaqtida shoshib iymonga kelganlardan Alloh rozi boʻlib, toat-ibodatlarini qabul qildi. Ular ham Allohdan rozi boʻldilar. Chunki Alloh ularga ulugʻ ajr-savob ato etib, qasrlari ostidan anhorlar oqib oʻtadigan jannatlarni tayyorlab qoʻydi. Ular jannatlarda abadiy qolurlar. Haqiqiy najot, muvaffaqiyat mana shudir.