Boshqalar esa, gunohlarini e'tirof qildilar: ular yaxshi va yomon amalni aralashtirib qilganlardir. Shoyadki, Alloh ularning tavbasini qabul qilsa. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. At-Tawbah 9:102 ⧉
Tafsir:
Madina ahlidan yana bir qavm ham bor. Ular ham uzrsiz jihoddan qolganlar va gunohlariga iqror boʻlganlar. Yolgʻondan bahonalar toʻqimaganlar. Ular Allohga itoat qilish, shariatini mahkam ushlash, jihod qilish kabi burungi yaxshi amallarini yomon amalga aralashtirib yuborganlar. Ular Allohdan kechirishini umid qiladilar. Alloh tavba qilgan bandalarini kechiradigan, ularga Mehribon Zotdir.