Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 11 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 11 • Oʻzbekcha


فَإِنْ تَابُوا وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ فَإِخْوَانُكُمْ فِي الدِّينِ ۗ وَنُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ 11
Tarjima:
Bas, agar tavba qilsalar, namozni to`kis ado etsalar va zakotni bersalar, din qardoshingizdirlar. Biladigan qavm uchun oyatlarimizni batafsil bayon qilamiz. Tavba 9:11
Tafsir:
Agar tavba qilib, ikki shahodat kalimasini aytsalar, namozni toʻkis ado etsalar, mollaridan zakot bersalar, musulmonga, diniy birodarlaringizga aylanib, huquq va majburiyatlari aynan sizlarnikidek boʻladi. Sizlarga ular bilan jang qilish joiz boʻlmaydi. Ular endi musulmonligi bilan qonlari, mollari va or-nomuslarini asray oladilar. Biz oyatlarimizni biladigan qavmga batafsil bayon qilurmiz. Chunki ulardan biladiganlargina foydalana oladilar va boshqalarni ham foydalantira oladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 10 Keyingi Tavba • Oyat 12