Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 122 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 122 • Oʻzbekcha


وَمَا كَانَ الْمُؤْمِنُونَ لِيَنْفِرُوا كَافَّةً ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِنْ كُلِّ فِرْقَةٍ مِنْهُمْ طَائِفَةٌ لِيَتَفَقَّهُوا فِي الدِّينِ وَلِيُنْذِرُوا قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوا إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ 122
Tarjima:
Mo`minlarning hammalari (jangga) qo`zg`alishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa bo`lsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo`lsalar. Tavba 9:122
Tafsir:
Jangga moʻminlarning hammasi chiqib ketishi toʻgʻri ish emas. Toki, dushman qoʻli ustun kelib qolsa, batamom yoʻq boʻlib ketmasinlar. Jihodga bir guruh chiqib, qolganlari Paygʻambar alayhissalomga hamroh boʻlib, dinni, Quronni, shariy hukmlarni oʻrgansalar, qavmi qaytib kelganda esa shu oʻrgangan bilimlari bilan ularni Allohning azobidan ogohlantirib, buyruqlarini bajarishga, taqiqlaridan esa tiyilishga undasalar boʻlmaydimi? Bu gap Paygʻambar alayhissalom sahobaridan bir qanchalarini tanlab olib, turli taraflarga yuboradigan kichik-kichik qoʻshinlar haqida edi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 121 Keyingi Tavba • Oyat 123