Landscape MP4 Vertical MP4

Sura At-Tawbah — Oyat 2 (Oʻzbekcha) — Video

At-Tawbah • Oyat 129 dan 2 • Oʻzbekcha


فَسِيحُوا فِي الْأَرْضِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَاعْلَمُوا أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِي اللَّهِ ۙ وَأَنَّ اللَّهَ مُخْزِي الْكَافِرِينَ 2
Tarjima:
Bas, yer yuzida to`rt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir. At-Tawbah 9:2
Tafsir:
Ey mushriklar, yer yuzida toʻrt oy tinch yuraveringlar. Undan keyin bitim tugaydi va sizlarga omonlik boʻlmaydi. Shunga ishonchingiz komil boʻlsinki, modomiki, kufringizda davom etar ekansiz, hech qachon Allohning azobidan qutulib keta olmassiz. Yana ishonchingiz komil boʻlsinki, Alloh kofirlarni har ikki dunyoda xor qilgay. Bu dunyoda oʻlim topgay yo asir tushgay, Qiyomatda esa jahannamga ravona boʻlgay. Bu gap ahdini buzganlarga ham, bitimi malum muddat bilan bogʻlanmaganlarga ham tegishlidir. Lekin kim bilan muayyan muddatga bitim tuzilgan boʻlsa, garchi toʻrt oydan koʻp boʻlsa ham bitim muddati tugagunicha kutiladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi At-Tawbah • Oyat 1 Keyingi At-Tawbah • Oyat 3