Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 31 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 31 • Oʻzbekcha


اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا إِلَٰهًا وَاحِدًا ۖ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ 31
Tarjima:
Ular Allohni qo`yib o`zlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir. Tavba 9:31
Tafsir:
Yahudiylar oʻzlarining olimlarini, nasroniylar esa ruhoniylarini parvardigor qilib oldilar. Ular Alloh harom qilgan narsani halol, Alloh halol qilgan narsani esa harom qilib berdilar. Nasroniylar Masih Iyso ibn Maryamni Allohga qoʻshib, iloh deb bildilar. Holbuki, Alloh yahudiylarning olimlarini ham, nasroniylarning ruhoniylarini ham, Uzayrni ham, Iyso ibn Maryamni ham yolgʻiz Oʻzigagina bandalik qilishga buyurgandi. Har qanday nuqsondan pok Alloh yagona ilohdir. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Buyuk Parvardigor mushriklar va boshqalar aytayotgan nuqsonlardan pokdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 30 Keyingi Tavba • Oyat 32