Agar Alloh va Uning Rasuli ularga bergan narsalaridan rozi bo`lganlarida va «Alloh bizga kifoya qilur, bizga tezda Alloh va Uning Rasuli o`z fazlidan beradi. «Albatta, biz Allohga rag`bat qiluvchilarmiz», deganlarida, yaxshi bo`lardi. Tavba 9:59 ⧉
Tafsir:
Sizni sadaqalar taqsimotida ayblayotgan oʻsha munofiqlar Alloh va Paygʻambari ularga ajratgan ulushga rozi boʻlib: "Bizga Alloh kifoya qilur, yaqinda Alloh bizga Oʻz fazlidan Oʻzi istaganicha nematlar ato etur, Paygʻambar ham Alloh ato etgan nematlardan bizga berur, biz yolgʻiz Allohning Oʻziga intiladigan, yolgʻiz Oʻzidan soʻraydigan, umid qiladigan odamlarmiz", deganlarida edi, oʻzlariga yaxshi boʻlardi.