Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 61 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 61 • Oʻzbekcha


وَمِنْهُمُ الَّذِينَ يُؤْذُونَ النَّبِيَّ وَيَقُولُونَ هُوَ أُذُنٌ ۚ قُلْ أُذُنُ خَيْرٍ لَكُمْ يُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَيُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِينَ وَرَحْمَةٌ لِلَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ ۚ وَالَّذِينَ يُؤْذُونَ رَسُولَ اللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 61
Tarjima:
Ulardan Payg`ambarga ozor beradigan va: «U quloqdir» deydiganlar bor. «Sizga yaxshilik narsalarga quloqdir. Allohga iymon keltiradir, mo`minlarga ishonadir, sizlardan iymon keltirganlarga rahmatdir. Allohning Rasuliga ozor beradiganlarga alamli azob bordir», – deb ayt. Tavba 9:61
Tafsir:
Munofiqlar orasida Paygʻambar alayhissalomga ozor berib: "U hammaga quloq solaveradi, hammaga ishonaveradi, haq bilan nohaqni ajrata olmaydi", deydiganlari bor. Ey Paygʻambar, ayting: "Paygʻambar faqat yaxshi gapga quloq soladi, Allohga iymon keltiradi, sodiq moʻminlarga ishonadi va mehribon boʻladi. Zero, uning Paygʻambar boʻlib yuborilishi moʻminlar uchun rahmatdir. Paygʻambar alayhissalomga ozor beradiganlar uchun ozorlari qanday va qancha boʻlishidan qati nazar, alamli azob bordir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 60 Keyingi Tavba • Oyat 62