Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 88 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 88 • Oʻzbekcha


لَٰكِنِ الرَّسُولُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَهُ جَاهَدُوا بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنْفُسِهِمْ ۚ وَأُولَٰئِكَ لَهُمُ الْخَيْرَاتُ ۖ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 88
Tarjima:
Lekin Payg`ambar va u bilan birga iymon keltirganlar mollari va jonlari bilan jiddu jahd qildilar. Ana o`shalarga, o`zlariga yaxshiliklar bo`ladir. Ana o`shalar, o`zlari najot topguvchilardir. Tavba 9:88
Tafsir:
Paygʻambar va uning atrofidagi moʻminlar esa munofiqlarga oʻxshab, jihoddan qolmadilar, Allohning yoʻlida molu jonlari bilan kurashdilar. Ularning mukofoti Alloh huzuridadir. Ular gʻalaba va oʻlja kabi shu dunyo manfaatlariga ham, jannatga kirish, murodga yetish, najot topish kabi oxirat manfaatlariga ham noil boʻladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 87 Keyingi Tavba • Oyat 89