Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Tavba — Oyat 93 (Oʻzbekcha) — Video

Tavba • Oyat 129 dan 93 • Oʻzbekcha


إِنَّمَا السَّبِيلُ عَلَى الَّذِينَ يَسْتَأْذِنُونَكَ وَهُمْ أَغْنِيَاءُ ۚ رَضُوا بِأَنْ يَكُونُوا مَعَ الْخَوَالِفِ وَطَبَعَ اللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ 93
Tarjima:
Boy-badavlat bo`la turib sendan izn so`raydiganlarni ayblashga yo`l bor. Ular xotin-xalajlar bilan birga bo`lishga rozi bo`ldilar. Alloh ularning qalblariga muhr bosdi. Bas, ular bilmaslar. Tavba 9:93
Tafsir:
Uzri bor odamlarni ayblashga yoʻl yoʻqligi bayon qilinganidan keyin kimni ayblash va jazolash mumkinligi haqida gap boradi. Ey Paygʻambar, oʻzlari boy-badavlat boʻlsa ham, jihodga chiqishga qurbi yetsa ham yana sizdan jangdan qolishga ruxsat soʻraganlarni ayblash va jazolashga yoʻl bor. Ular oʻzlari xorlikka rozi boʻlib, uylarida xotin-xalajlar bilan qoldilar. Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Endi ularga nasihat kor qilmaydi. Endi ular oʻzlariga nima foyda, nima ziyon, ajrata olmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Tavba • Oyat 92 Keyingi Tavba • Oyat 94