Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil. Alaq 96:19 ⧉
Tafsir:
Holat bu zolim sizga bir yomonlik yetkizaman, deb tasavvur qilganidek emas. Uning buyruqlariyu taqiqlariga itoat qilmang. Allohga sajda qiling, toat-ibodatlar ila U Zotga yaqinlashing. Zero, toat-ibodatlar sizni U Zotga yanada yaqinlashtiradi.