Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirgani kabi yomonlikni ham tezlatsa edi, ajallari bitgan bo`lur edi. Bas, Biz ila muloqotda bo`lishdan umidi yo`qlarni tug`yonlarida tashlab qo`yamiz, adashib-uloqib yuraveradilar. Yunus 10:11 ⧉
Tafsir:
Alloh odamlarning yaxshilik soʻrab qilgan duolarini tez ijobat qilganidek, bir-birlariga, bolalariga va mol-dunyolariga qarshi qilgan duoyibadlarini ham tez ijobat qilganida hammasi halok boʻlardilar. Lekin Alloh buni kechiktiradi, ularga muhlat beradi. Jazodan qoʻrqmasligi va savobdan umidvor boʻlmasligi tufayli Alloh bilan boʻladigan uchrashuvni kutmaydigan va unga tayyorgarlik koʻrmaydiganlarni hisob kunida ikkilanish, hayratlanish va taraddud chohiga uloqtirurmiz.