Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yunus — Oyat 12 (Oʻzbekcha) — Video

Yunus • Oyat 109 dan 12 • Oʻzbekcha


وَإِذَا مَسَّ الْإِنْسَانَ الضُّرُّ دَعَانَا لِجَنْبِهِ أَوْ قَاعِدًا أَوْ قَائِمًا فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُ ضُرَّهُ مَرَّ كَأَنْ لَمْ يَدْعُنَا إِلَىٰ ضُرٍّ مَسَّهُ ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْمُسْرِفِينَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 12
Tarjima:
Qachonki insonga zarar yetsa, Bizga yonboshlagan, o`tirgan yoki turgan holida duo qiladir. Undan zararini ketkazsak, xuddi o`ziga yetgan zarar haqida Bizga duo qilmagandek, ketaveradir. Ana shunday qilib, isrofchilarga qilayotgan amallari ziynatlanib ko`rsatildi. Yunus 10:12
Tafsir:
Haddini bilmagan insonga kasallik, mashaqqat kabi biron musibat yetsa, yotib ham, oʻtirib ham, turib ham Bizga yalinib, iltijo-duo qilur. Duosini ijobat qilib, undan musibatini aritgan paytimizda esa xuddi oʻziga yetgan musibat tufayli Bizga iltijo qilmagandek oʻtib ketur. Mana shu kimsaga zalolatida davom etaverishi bezab koʻrsatilganidek, haddan oshuvchi kimsalarga oʻz qilmishlari chiroyli qilib koʻrsatildi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yunus • Oyat 11 Keyingi Yunus • Oyat 13